Gönderen Konu: Hayrullah Ismatullaev (1937-2008) -- Sultan Huseyin Baykara Fermani  (Okunma sayısı 1743 defa)

0 Üye ve 1 Ziyaretçi konuyu incelemekte.

Çevrimdışı PLMPLM

  • KATILIMCI
  • **
  • İleti: 181
  • Puan: +41/-0
  • Doğru ve seçilmiş bilginin paylaşım yeri TOGEÇ"e kayıtlı üye olunuz.

SULTON HUSAYN BOYQARO FARMONI
Xayrulla Ismatullaev

http://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/sulton-husayn-boyqaro-farmoni.html


Xayrulla Ismatulla (Xayrulla Hikmatullavich Ismatullaev) 1937 yilning 16 avgustida Toshkentda sharqshunos olim oilasida tug’ilgan. Ikkinchi jahon urushida oilasidan yetim qolgan Xayrulla qarindoshlari qo’lida katta bo’lgan. 1960 yilda Toshkent Chet Tillar Institutini (hozirgi O’zbekiston Jahon Tillari Universiteti) tamomlaydi. 1961 yilda esa Toshkent Davlat Universitetining Turkologiya fakultetida kandidatlik ishini boshlaydi.1964-1974 yillarda ushbu dargohda dars beradi.Xayrulla Ismatullaev 1974 yilning 14 dekabrida Sovet hukumatiga qarshi harakatda ayblanib, qamoqqa olinadi. To’qqiz yil panjara ortida o’tirib, 1983 yilning 29 noyabrida ozod etiladi.

1990 yili AQShga ko’chib ketgan olim mustaqillikka erishgan O’zbekiston va o’zbek xalqi tarixi, madaniyati, qadriyatlari hamda o’ziga xosligi bilan g’arbliklarni tanishtirgan insonlardan biridir. Dastlab AQShdagi Indiana Universitetida o’zbek tilidan saboq bergan, keyinchalik Viskonsin universitetining Osiyo tillari va madaniyatlari bo’limida faoliyat yuritdi. AQShda o’zbek va ingliz tillarida o’zbek xalqi tarixi va adabiyotiga oid o’ndan ziyod kitob va yuzlab maqolalar muallifi. Shuningdek, Markaziy Osiyo uchun katta ahamiyatga ega manba’lar va g’arbning ilg’or qadriyatlari bilan o’zbek xalqini oshno etgan olimlardan biri sifatida ham bilinadi.Xayrullo Ismatullaev o’zbek va ingliz tillarida o’zbek xalqi tarixi va adabiyotiga oid o’ndan ziyod kitob va yuzlab maqolalar, xususan,»Samouchitel` uzbekskogo yazika», «O’zbekcha-ruscha-tojikcha so’zlashuv»,» Alisher Navoiy hikmatli so’zlari», ikki jildlik «O’zbek tili»,»Turkistonlik olimlar» va o’zbekcha-inglizcha iboralar lug’ati va so’zlashuv kitoblarining muallifi.
Xayrulla Ismatulla 2008 yil 24 avgustida olamdan o’tgan,Viskonsin shtatining Medison shahrida, musulmonlar qabristonida (Highland Memory Gardens) dafn etilgan.

Ota-bobolarimizdan qolgan ulkan ma’naviy boylik, qo‘lyozma asarlar Qizilqum sahrosiga sochilib ketgan oltinni eslatadi. Avlodlarimiz yaratgan bu asarlar dunyo kutubxona, muzeylariga sochilib ketgan. Jahondagi birorta mashhur kutubxona yo‘qki, u erda xalqimiz tarixi va adabiyotiga tegishli qo‘lyozma asar bo‘lmasin. Britaniya Muzeyi, Parij Milliy Kutubxonasi, Oksford, Kembrij, Sorbonna, Xarvard, Yel universiteti kutubxonalari, Gollandiya, Olmoniya, Ispaniya, Italiya, Vatikan kitobliklari, hamda Turkiya, Eron, Hindistondagi kutubxonalarda o‘zimiz saqlay olmagan ko‘plab yozma adabiyotlarimiz namunalari avaylab asrab kelinmoqda.

Bizning niyatimiz yaqin fursatda Ovrupo muzey, kutubxona va shaxsiy kitob fondlarida saqlanayotgan o‘zbek adabiyotining nodir namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtirib borish.
Keyingi vaqtlarda men temuriylardan va temuriylar davridan qolgan mashhur asarlarni aniqlashga, iloji bo‘lsa, ayrimlarining nusxalarini olishga urinib ko‘rdim.

Sulton Husayn Boyqaro davri hakida hozirgi avlod biroz ma’lumotga ega. Buning boisi, albatta, Alisher Navoiy. Alisher Navoiy haqida nisbatan ko‘p ma’lumotga ega bo‘lgan holda, Husayn Boyqaro haqida bilganlarimiz hamma vaqt ham ishonchli va hujjatli ma’lumotlarga asoslangan emas.
O‘rta Osiyo taraqqiyoti uchun Uyg‘onish hisoblangan bu davr biz uchun muhim ahamiyatga molikdir. Ma’lumki, Sulton Husayn Boyqaro asarlari Britaniya¬dagi Chester Betti kutubxonasida 404 raqami bilan, Britaniya Muzeyida Or.208 raqami bilan, Parijdagi Milliy kutubxona¬da 993 raqami bilan, Turkiyadagi To‘pqapi Saroy Muzeyi kutubxonasida E.N. 1686 va A.2381 raqamlari bilan saqlanib kelinmoqda. Aniqlanishicha, Sulton Husayn Boyqaroning o‘z zamonasi mashhur kishilariga yo‘llagan xatlari hamda chiqargan farmonlari ham jahon kitobliklarida saqlanib qolgan.
Britaniya Muzeyida Or. 61 katalog raqami bilan Sulton Husayn Boyqaroning Boyozid 2 ga yozgan xati, shu muzeyda yana Og. 1702 katalog raqami bilan Sulton Husayn Boyqaroning Hasanbeg Bahodirga yozgan xati saqlanadi.

Bu yerda biz Husayn Boyqaroning bir farmoni xususida fikr yuritmoqchimiz.
Turkiyaning Istanbul shahridagi To‘pqapi Saroy muzeyi kutubxonasida E. 12305 inventar raqami bilan Sulton Husayn Boyqaroning bir farmoni saqlanib kelinyapti. Sulton Husaynning mazkur farmonini birinchi bo‘lib frantsuz sharq¬shunoslari A. Benningsen va Sh. Lemersier-Kelkujey (A. Bennigsen, Ch. Lemercier-Quelquejay) topganlar,
Sulton Husayn Boyqaroning bu farmoni 879 hijriy (1474 melodiy) yili chiqarilgan bo‘lib, mutaxassislarning aniqlashicha, u Sulton Husayn Bahodir imzosi bilan chiqarilgan farmonning asl nusxasidir.

Bu farmon etti satrdan iborat bo‘lib, u qog‘ozga bir necha nusxada ko‘chirilgan hamda Xuroson viloyatidan to Usmonli turk saltanatiga etguncha bo‘lgan Sulton Husayn Boyqaroga tegishli manzillarda uchraydigan shahar, kent, qishloq va hordiq chiqarish manzillari boshliqlari nomiga yuborilgan bo‘lgan.
Farmonda aytilishicha, Pahlavon Muhammad otliq usmonli turk (Rum) elchisini Xurosondan Istanbulga etib borgunicha yo‘lda muhofaza etish topshirilgan .

Amir Temur vafotidan so‘ng O‘rta va Kichik Osiyoda sodir bo‘lgan raqiblik va turli-tuman nayranglar, yo‘llardagi notinchlik Sulton Husayn Boyqaroni shunday farmon chiqarishiga majbur etgan. Boyqaro o‘z saltanati hududida mansabdorlar va javobgar shaxslar turk elchisini izzat¬-ikrom, mehmondo‘stlik bilan qarshi olishlarini istagan.
Bu farmonning bir necha nusxalari turk elchisi qo‘nib o‘tadigan shahar, kentlardagi mahalliy mansabdor shaxslarga, hokimlarga, yul qo‘riqchilariga jo‘natilgan bo‘lgan. Bunday paytlarda har bir javobgar shaxs nima qilishi lozimligi mo‘g‘ullar davrida ham, Amir Temur davrida ham qat’iy belgilab qo‘yilgan edi
Har bir amaldor bu farmonni olganligiga ishonch hosil qilish uchun Sulton Husayn Hirotdan Kichik Osiyogacha otda chopar jo‘natgan. Ma’lum bekatda chopar to‘xtab, otni almashtirgan, o‘zi olib ketayotgan xabarning shoshilinch va muhimligidan mahalliy hukumatni xabardor etgan.

Turk elchisi Pahlavon Muhammad Xurosondan to‘rt hamrohi, to‘rt xizmatkori bilan ikki ot va bir tuyada yo‘lga chiqqan.
Xuroson Sultoni Husayn Bahodir (Boyqaro) bobosi Amir Temur orzularini amalga oshirishga intilib, Rum (Usmonli turk) mamlakati bilan yaqin, birodarona aloqa o‘rnatishga katta e’tibor berganligini mazkur farmon yana bir bor isbotlaydi.

Sulton Husayn turk elchisi Pahlavon Muhammad shaxsiyatiga juda katta izzat-ikrom bilan munosabatda bo‘lganligi farmonda u ishlatgan «aqzap quzzot madallohu» [«Olloh qozilar qozisi soyasini boshimizdan ko‘tarmasin»] iborasi ham ravshanlashtiradi.
Temuriyzoda Sulton Husaynning turk elchisini bunday ulug‘lashi Turkiya tomonida e’tiborsiz qolmagan. Chunki turklarga ham ota yurt sanalgan o‘lkadan etib kelgan har bir qutlug‘ so‘z ularning boshini ko‘kka ko‘targan,

Sulton Husayn Boyqaro ham farmon chiqarish, rasmiy xat yozish uslubini katta bobosi Amir Temur uslubidan o‘zga qilmagan, o‘sha uslubni saqlab qolgan. U ham farmonlarni, ular qaysi tilda yozilishidan qat’i nazar, «so‘zimiz» -«Abul G‘ozi Sulton Husayn so‘zimiz» iborasi bilan boshlagan [Amir Temur va boshqa temuriylar uslubiga qiyoslang: «Amir Temur Ko‘ragon so‘zimiz»; «biz kim Mironshoh Kuragon so‘zimiz»].
Farmonning kiril yozuvidagi matni:

Huval G‘ani
Abul G‘ozi Sulton Husayn Bahodir so‘zimiz.
Hukkom va dorug‘agon viloyot va mustax fizoni sobol va turuq. Bidonand, ki Pahlavon Muhammad minjumla oliyjanob fazoyil maob raf’at panohi aqzal quzzot madallohu, zil-la nizoman az jonibi Rum jihati mehmoni ba Xuroson omada bud.
Darin vilo bo chahor nafar maovidat namud va chahor g‘ulom va du sar asp va yak nafar shutur hamro dorad.
Meboyad, ki moni va muzohim nashavand. Va darmarohil va manozil muhaviza muovinat namuda ba salomat guzaronand.
Dar in taqsir nanamoyand.
Tahriran fi zulqa’dat ul-xarom, sana tis-a va sab’in va samona mia.
[Muhr]
Abul G‘ozi Sulton Husayn Bahodir
Ittala alayhi «.
Farmonning tarjimasi:

Uning o‘zi beniyoz g‘ani
Abul G‘ozi Sulton Husayn Bahodir so‘zimiz.
Viloyatlarning hokimlari va dorug‘agonlari (yo‘l ko‘rsatuvchilari) bilsinlarki, oliyjanob, fozil, donishmand, oliymaqom Pahlavon Muhammad, «Olloh qozilar qozisi soyasini boshimizdan ko‘tarmasin» Rum tarafdan mehmon bo‘lib Xurosonga kelib edi. Bu viloyatga to‘rt kishi bilan keldi. To‘rtta qul, ikki bosh ot va bir tuya bor edi. Ularga hech kim ozor bermasin va xatarnok joylardan ularni salomatlik bilan o‘tkazsinlar. Bu ishda pala-partishlik qilmasinlar.
3ulqa’da oyi, sakkiz yuz etmish to‘qqizinchi sanada yozildi, ((1474 yil 9 mart-8 aprel orasiga to‘g‘ri keladi)
[Muhr)
Abul G‘ozi Sulton Husayn Bahodir tasdiqladi

Mazkur nomaning oltinchi va ettinchi satrlari orasiga, chap tomonga Sulton Husayn Bahodirning muhri bosilgan. Bu farmon Sulton Husayn Boyqaro chiqargan yuzlab, balki minglab farmonlarning biridir. Biroq shunga qaramasdan u bizning xalqimiz uchun juda qadrli va mo‘’tabar hisoblanadi. Davlat siyosatimiz bundan besh yuz yil oldin ham boshqa xalqlarga o‘ta hurmat, e’zoz bilan munosabatda bo‘lishga asoslanganligini, turkiy xalqlar birligini saqlashga temuriylar katta e’tibor berganligini qo‘rsatish borasida mazkur farmonning ahamiyati nihoyat darajada beqiyosdir.

Manba: BBC O’zbek xizmati

Çevrimdışı PLMPLM

  • KATILIMCI
  • **
  • İleti: 181
  • Puan: +41/-0
  • Doğru ve seçilmiş bilginin paylaşım yeri TOGEÇ"e kayıtlı üye olunuz.
Ynt: Hayrullah Ismatullaev (1937-2008) -- Sultan Huseyin Baykara Fermani
« Yanıtla #1 : Ağustos 11, 2016, 12:03:48 ÖÖ »
http://vlib.iue.it/carrie/texts/carrie_books/paksoy-4/4-2.html

- Sultan Huseyin Baykara (r. 1469-1506), RISALE-I HUSEYIN BAYKARA. In commemoration of the 550th anniversary of Ali Shir Navai (1441-1501).

AACAR BULLETIN
Vol. IV, No. 2, Fall 1991

 

Son İletiler/Konular

Ynt: Modern Türkiyede Siyasi Düşünce Cilt 1-2-3 Tamamı 9 cilttir. Gönderen: ahmetdursun
[Ağustos 11, 2017, 01:04:46 ÖS]


TÜRK KÖYLÜSÜ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ağustos 11, 2017, 12:31:53 ÖÖ]


Hayvan yeminde GDO onayı-Konya Şeker 'GDO yok' dedi ceza aldı. Artık GDO serbest Gönderen: ahmetdursun
[Ağustos 03, 2017, 04:32:52 ÖS]


Ynt: ŞOK, ŞOK, ŞOK... YÖK'ten, Güzel sanatlar kapatılıyor genelgesi. Gönderen: ahmetdursun
[Ağustos 03, 2017, 03:41:47 ÖS]


BÜYÜKERŞEN’E KİM SALDIRDI ? Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Temmuz 30, 2017, 03:13:52 ÖS]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Temmuz 28, 2017, 08:42:38 ÖS]


HÖKÜMET Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Temmuz 21, 2017, 02:07:12 ÖS]


15 TEMMUZ’UN SİYASÎ AYAĞI Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Temmuz 17, 2017, 03:55:43 ÖS]


III.ABDÜLHAMİT’İN AJANDASI Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Temmuz 08, 2017, 06:53:43 ÖS]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Temmuz 06, 2017, 07:48:37 ÖS]


HZ ÖMER’İN DEVESİ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Temmuz 04, 2017, 12:53:44 ÖS]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Temmuz 03, 2017, 05:41:02 ÖÖ]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Haziran 29, 2017, 07:05:44 ÖÖ]


AB'DE SONA DOGRU Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Haziran 28, 2017, 09:42:54 ÖÖ]


DİYALEKTİĞİN D’Sİ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Haziran 24, 2017, 04:51:55 ÖS]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Haziran 23, 2017, 07:03:20 ÖÖ]


DOĞU PERİNÇEK’E Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Haziran 19, 2017, 12:53:46 ÖS]


NATO MERMER Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Haziran 17, 2017, 02:16:07 ÖÖ]


ERDEMİR Vakfı yöneticilerine dava açıldı. Gönderen: ahmetdursun
[Haziran 16, 2017, 12:46:14 ÖÖ]


MEŞRUİYET’İN M’Sİ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Haziran 14, 2017, 02:11:14 ÖÖ]


Yargıtay, Erdemir Vakfı’nın üye ve emeklilerinden yapılan kesintilerin hırsızlık Gönderen: ahmetdursun
[Haziran 13, 2017, 01:31:47 ÖS]


Sanki Katar, Türkiye’yi topun ağzına koymak için seçilmiş, elinden geleni... Gönderen: ahmetdursun
[Haziran 07, 2017, 02:09:43 ÖS]


KATAR-MATAR Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Haziran 07, 2017, 12:55:03 ÖS]


III.ABDULHAMİT’İN 18 BRUMERİ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mayıs 29, 2017, 04:40:02 ÖÖ]


Şehit polisin arkadaşının kolunda dikkat çeken ayet. Gönderen: ahmetdursun
[Mayıs 28, 2017, 01:22:49 ÖÖ]


Michael Flynn'ın, lobicilik karşılığında aldığı Yarım Milyon Dolar ... Gönderen: ahmetdursun
[Mayıs 28, 2017, 01:14:25 ÖÖ]


Erdoğangiller’e hediye edilen, 25 milyon dolarlık petrol tankeri, Malta Dosyalar Gönderen: ahmetdursun
[Mayıs 28, 2017, 01:09:04 ÖÖ]


Pazarlama Gönderen: PLMPLM
[Mayıs 18, 2017, 03:15:10 ÖS]


İT BAYTARI Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mayıs 12, 2017, 06:02:53 ÖÖ]


Paylaşımcılık Gönderen: PLMPLM
[Mayıs 08, 2017, 02:16:36 ÖS]


AKP’nin yediği haltların sorulularına kim bunların hesabını soracak? Gönderen: ahmetdursun
[Nisan 29, 2017, 02:08:50 ÖS]


MAL MEYDANDA Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 26, 2017, 04:11:12 ÖS]


DEVLET ULUS’A KARŞI (VII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 26, 2017, 05:16:11 ÖÖ]


ERDOĞAN’I VURACAKLAR Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 24, 2017, 11:38:11 ÖS]


Ynt: Sait Başer ile Orhun Âbideleri ve Türk Töresi Üzerine Söyleşi Gönderen: PLMPLM
[Nisan 24, 2017, 06:29:04 ÖÖ]


Ynt: Sait Başer ile Orhun Âbideleri ve Türk Töresi Üzerine Söyleşi Gönderen: ahmetdursun
[Nisan 24, 2017, 12:09:35 ÖÖ]


Sait Başer ile Orhun Âbideleri ve Türk Töresi Üzerine Söyleşi Gönderen: PLMPLM
[Nisan 23, 2017, 04:58:35 ÖS]


DUR BAKALIM N’OLCEK ? Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 20, 2017, 02:12:21 ÖÖ]


DEVLET ULUS’A KARŞI (VI) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 18, 2017, 07:13:24 ÖÖ]


HAYIRLI OLSUN ! Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 17, 2017, 05:36:37 ÖS]


DEVLET ULUS’A KARŞI (V) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 14, 2017, 05:04:59 ÖÖ]


DEVLET ULUS’A KARŞI (IV) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 12, 2017, 07:25:38 ÖS]


AÇIK MEKTUP Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 10, 2017, 05:16:36 ÖS]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Nisan 08, 2017, 07:54:54 ÖS]


DEVLET ULUS’A KARŞI (III) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 08, 2017, 03:37:34 ÖÖ]


DEVLET ULUS’A KARŞI (II) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 04, 2017, 02:41:12 ÖÖ]


PARLAMENTARİZMİN P’Sİ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Nisan 01, 2017, 05:23:41 ÖS]


DEVLET ULUSA KARŞI Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 30, 2017, 11:15:00 ÖÖ]


URKUN Kirgizistandan bir ses Gönderen: PLMPLM
[Mart 27, 2017, 05:45:34 ÖÖ]


PISIRIKLIK FELSEFESİ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 21, 2017, 03:31:55 ÖÖ]


TRUMP ÖĞRETİSİ ve YENİ DÜNYA Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 19, 2017, 08:44:03 ÖS]


DESTİCİ’NİN TESTİSİ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 16, 2017, 05:07:50 ÖÖ]


Başkaldırma ve Yarışma Gönderen: PLMPLM
[Mart 14, 2017, 11:43:46 ÖS]


SON ABDÜLHAMİT Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 13, 2017, 12:59:22 ÖS]


HOLLANDA-MOLLANDA Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 12, 2017, 05:33:20 ÖÖ]


KATİL KUMA Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 08, 2017, 07:33:26 ÖÖ]


ULUSAL ÖZGÜRLÜK VE ADALET PROGRAMI (IV) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 05, 2017, 07:07:15 ÖS]


ULUSAL ÖZGÜRLÜK VE ADALET PROGRAMI (III) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 04, 2017, 07:40:35 ÖS]


N’OLACAK ŞU IRAK’IN HALİ ? Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 04, 2017, 02:17:40 ÖÖ]


ULUSAL ÖZGÜRLÜK VE ADALET PROGRAMI (II) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Mart 02, 2017, 05:20:46 ÖÖ]


ULUSAL ÖZGÜRLÜK VE ADALET PROGRAMI Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 28, 2017, 11:56:51 ÖS]


MODA MİLLİYETÇİLİK (II) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 27, 2017, 11:54:46 ÖS]


MODA MİLLİYETÇİLİK Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 24, 2017, 01:01:36 ÖÖ]


NEDEN DEĞİL, ‘NASIL’ BİR HAYIR Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 22, 2017, 01:07:56 ÖÖ]


KRİZİN K’SI (II) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 20, 2017, 12:39:51 ÖÖ]


KRİZİN K’SI Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 18, 2017, 03:13:46 ÖS]


FRANSA’DA BAŞKANLIK (VIII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 17, 2017, 11:50:31 ÖS]


FRANSA’DA BAŞKANLIK (VII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 17, 2017, 02:43:04 ÖS]


FRANSA’DA BAŞKANLIK (VI) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 17, 2017, 01:14:00 ÖÖ]


FRANSA’DA BAŞKANLIK (V) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 16, 2017, 04:59:09 ÖS]


FRANSA’DA BAŞKANLIK (IV) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 16, 2017, 12:42:46 ÖÖ]


FRANSA’DA BAŞKANLIK (III) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 15, 2017, 01:41:35 ÖS]


Ynt: Söz Bakımından, Allah dan daha Doğru Kim Vardır? Gönderen: tolonbey
[Şubat 14, 2017, 08:27:26 ÖS]


Ynt: ABDULHAMİT SEVDASI (III) Gönderen: tolonbey
[Şubat 14, 2017, 08:09:46 ÖS]


FRANSA’DA BAŞKANLIK (II) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 14, 2017, 06:59:25 ÖS]


Ynt: FRANSA’DA BAŞKANLIK Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 14, 2017, 02:37:37 ÖS]


FRANSA’DA BAŞKANLIK Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 14, 2017, 06:49:12 ÖÖ]


BÜYÜTME POLİTİKALARI Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 09, 2017, 01:51:07 ÖÖ]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Şubat 08, 2017, 11:03:36 ÖS]


BOYKOT MU DEDİNİZ ? Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 08, 2017, 04:36:37 ÖS]


ROMANYA’DA NELER OLUYOR ? Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 07, 2017, 03:07:57 ÖÖ]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR (X) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 06, 2017, 02:43:22 ÖS]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR (IX) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 04, 2017, 03:37:54 ÖS]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR (VIII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 02, 2017, 09:11:32 ÖS]


SIC SEMPER TYRANNIS Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 02, 2017, 02:16:28 ÖÖ]


TÜRKİYE-SURİYE İLİŞKİLERİ ÜZERİNE Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Şubat 01, 2017, 01:40:59 ÖÖ]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR (VII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 30, 2017, 10:00:19 ÖS]


TÜRKİYE’YE BABALIK MI ? Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 30, 2017, 12:57:01 ÖÖ]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR (VI) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 26, 2017, 04:12:44 ÖÖ]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Ocak 26, 2017, 03:20:16 ÖÖ]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR ? (V) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 25, 2017, 05:53:17 ÖS]


Ynt: Amerikalik mashhur tarixchi olim Hasan Bulent Paksoy Gönderen: PLMPLM
[Ocak 25, 2017, 02:27:35 ÖÖ]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR ? (IV) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 24, 2017, 07:39:39 ÖS]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR ? (III) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 24, 2017, 01:22:30 ÖÖ]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR ? (II) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 23, 2017, 03:40:40 ÖS]


Ynt: Karlovy Vary sehri 98 yildir reklamini « Mustafa Kemal Ataturk »’le yapiyor. Gönderen: PLMPLM
[Ocak 22, 2017, 08:53:36 ÖS]


FELSEFENİN F’Sİ Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 22, 2017, 06:42:12 ÖS]


AVRASYACILIK NEDİR NE DEĞİLDİR? Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 21, 2017, 12:12:10 ÖÖ]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (XI) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 20, 2017, 05:36:33 ÖÖ]


Ynt: Mustafa KemaL ATATÜRK, Kitap Arşivi. (indir) Gönderen: levo57
[Ocak 19, 2017, 05:44:08 ÖS]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (X) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 18, 2017, 10:15:36 ÖS]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (IX) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 17, 2017, 11:45:56 ÖS]


18 MADDELİK YENİ ANAYASA TASLAĞI Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 17, 2017, 04:06:59 ÖÖ]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (VIII) Kültürel Antroploji ‘Evrimcilik’ düşüncesine karşı çık Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 14, 2017, 12:45:12 ÖÖ]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (VII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 12, 2017, 11:29:35 ÖS]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (VI) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 12, 2017, 01:51:44 ÖÖ]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (V) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 11, 2017, 12:14:25 ÖÖ]


Ynt: Uzaysal Yönetim 2011 MD göktaşının dünya yakınından geçmesinin anımsattığı Gönderen: PLMPLM
[Ocak 10, 2017, 06:05:33 ÖÖ]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (IV) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 09, 2017, 11:17:27 ÖS]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (III) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 08, 2017, 10:49:34 ÖS]


DİL ÜZERİNE NOTLAR (II) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 07, 2017, 12:19:03 ÖÖ]


DİL ÜZERİNE NOTLAR Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 06, 2017, 02:40:39 ÖÖ]


MİLLİYETÇİLİK VE MİLLETÇİLİK Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 05, 2017, 12:28:53 ÖS]


BAKIŞ/GÖRÜŞ/GÖRÜNÜŞ (XXVII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 03, 2017, 01:58:11 ÖS]


BAKIŞ/GÖRÜŞ/GÖRÜNÜŞ (XXVI) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 02, 2017, 01:49:38 ÖS]


"Sokma akıl, dokuz adım gider" Gönderen: PLMPLM
[Ocak 02, 2017, 04:48:06 ÖÖ]


BAKIŞ/GÖRÜŞ/GÖRÜNÜŞ (XXV) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Ocak 01, 2017, 04:27:12 ÖS]


BAKIŞ/GÖRÜŞ/GÖRÜNÜŞ (XXIV) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Aralık 31, 2016, 02:41:29 ÖÖ]


BAKIŞ/GÖRÜŞ/GÖRÜNÜŞ (XXIII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Aralık 30, 2016, 01:24:31 ÖS]


BAKIŞ-GÖRÜŞ-GÖRÜNÜŞ (XXII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Aralık 28, 2016, 09:33:32 ÖS]


BAKIŞ-GÖRÜŞ-GÖRÜNÜŞ (XXI) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Aralık 28, 2016, 03:00:50 ÖÖ]


BAKIŞ-GÖRÜŞ-GÖRÜNÜŞ (XX) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Aralık 27, 2016, 01:35:17 ÖÖ]


BAKIŞ-GÖRÜŞ-GÖRÜNÜŞ (XIX) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Aralık 26, 2016, 02:20:36 ÖÖ]


BAKIŞ-GÖRÜŞ-GÖRÜNÜŞ (XVIII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Aralık 25, 2016, 02:47:09 ÖÖ]


BAKIŞ-GÖRÜŞ-GÖRÜNÜŞ (XVII) Gönderen: Habip Hamza Erdem
[Aralık 24, 2016, 12:33:18 ÖÖ]